Toshkentda qanday qilib uy qurish mumkin? O'zbekistonda qanday qilib uy qurish mumkin?

Har bin insonning o’z uyi haqida fikrlari bor. Bolaligimizdan boshlab qumdan uy qurib, aqliy ravishda o’z uyimizni quramiz. O’z uyingizga egalik qilish bu juda noyob bir zavq. O’zbekistonda qanday qilib yer olish mumkin? Uyni nimadan qurish kerak? Keling, ushbu bosqichlarni birgalikda ko’rib chiqamiz .

Yer olish, Yer sotib olish
https://e-auksion.uz/
Olx.uz; Salexy.uz
Agar yer olish jarayonidan qo'rqsangiz, advokat bilan bog'laning, savollaringiz bo'lsa, bizga qo'ng'iroq qiling
Dizayn + qurilish loyihasi
Kotlavan shudgorlash
Qurilish uchun ruxsatnoma
Qurilish boshlanishi

Qurilishning tayyorgarlik bosqichi.

Tayyorgarlik bosqichida qurilish bilan bog'liq bir nechta masalalarni hal qilish kerak bo'ladi: joy tanlash, byudjetni aniqlash, uy loyihasini tayyorlash, qurilish ruxsatnomalarini olish va qurilishni boshlash. Kerakli maqsadlarga erishish uchun har bir masalaga yetarlicha e'tibor berilishi kerak.

1. Uchastka (yer) sotib olish.

O‘zbekiston fuqarolari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini faqat “https://e-auksion.uz/” saytidagi elektron kim oshdi savdosi natijasiga ko'ra qo’lga kiritishlari yoki olx.uz va salexy kabi internet savdo maydonlarida jismoniy shaxslardan sotib olishlari mumkin

2. Uyni nimadan qurish kerak?

Doimiy yashash uchun uyning qurilishiga kerak bo’ladigan barcha materiallarni shartli ravishda to’rtta asosiy guruhga bo’lish mumkin:

  • g’isht va tosh;
  • yengil beton materiallari;
  • daraxt (yog’och);
  • gazobeton.
Binolarning mustahkamliligi haqida gapirganda, siz turli xil qurilish materiallarining xususiyatlarini va ularning o'ziga xos xususiyatlarini nazarda tutishingiz kerak.

3. Qurilish xarajatlari.

Qurilishning taxminiy qiymati ishning murakkabligiga, mavsumga, ishlatiladigan materiallar turiga va qurilish obyektining uzoqligiga qarab o’zgarishi mumkin. Bizning narxlarimiz Toshkent bo’yicha o’rtacha hisoblanadi.

4. Loyihani tayyorlash va uni hududga bog’lash.

Hullas, tartib bo’yicha ketaylik:

  • Qurilish uchun joy tanlash va yerni qo’lga kiritish;
  • Dizayn studiyasida loyiha uchun texnik vazifalarni tuzish (qavatlar sonini aniqlash, garaj mavjudligini, xonalarning maydonini va boshqalarni aniqlang)
  • Dizayn va qurilish loyihasi uchun siz tanlagan studiya arxitektori bilan qurilishni muvofiqlashtirish; uyning tartibi; uyning tashqi ko'rinishi tartibi (fasadlar, deraza shakllari, tomlar va boshqalar);
  • Kotlavan qazishni boshlash
  • Qurilish ruxsatnomalarini olish; Siz qurilish ruxsatnomasini qanday olish haqidagi maqolani o'qishingiz mumkin
  • Qurilishni boshlash.
  • Dizayn studiyasi hamma narsani aks ettiruvchi barcha kerakli hujjatlarni ishlab chiqadi: o'lchamlar, materiallar, eskizlar. Ishni boshlash uchun kerakli bo'lgan hamma narsa. Siz, uy loyihasini kutish bosqichidayoq tayyorgarlik ishlarini boshlashingiz mumkin - kotlovan qazish, poydevor tagiga beton yostiq tayyorlash. Kutish paytida, uy egasining vaqtini behuda sarflamaslik uchun siz bu ishlarni boshlashingiz mumkin. 2021 yilda xususiy uy qurilishi uchun ruxsatnoma olish oson protsedura, hujjatlarning tozaligi va to'g'ri loyiha bilan uni olish deyarli kafolatlanadi. Agar siz yana bir karra o'zingizni himoya qilishni istasangiz, sizni advokatlarimiz bilan bog'lash orqali sizga yordam bera olamiz. Bu qimmat emas.

5. Landshaft dizayni zaruriyati.

Ladshaft dizayn loyihasi muammolarni yuzaga kelishidan oldin aniqlash va bartaraf etishga yordam beradi. Uchastkaning (yer) mukammal landshaft dizayni haqida orzu qilib, siz suvning shovqinini, pokiza maysazorlarni, hovuzda o'tkazgan yoqimli kunlarni tasavvur qilishingiz mumkin. Lekin ba’zi bir narsalarni yoddan chiqarish mumkin. Bular nuproqning sog’ligi, uchastkaning relyefi hususiyatlari va boshqalar. Maysazorlar va o’simliklarni optimal sug’orish tizimi, uchastka bo’ylab bemalol va qulay harakatlanishni ta’minlaydigan, landshaft dizaynini ajralib turishiga hizmat qiladigan yoritish tizimi haqida bosh qotiishga hojat yo’q. Sifatli ishlab chiqilgan bosh reja bilan siz kichik narsalar haqida o'ylash yoki kelajakda uy egasi uchun yoqimsiz kutilmagan hodisalar yuzaga kelishi haqida tashvishlanish uchun vaqtni behuda sarflashingiz shart emas.

6. Materiallarni sotib olish.

Materiallarning tarkibi va kerakli miqdori smetada ko'rsatib o'tiladi. Tanlashda ishlab chiqaruvchining sertifikatiga (sifat kafolati) ega qurilish materiallarni tanlagan ma’qul. Bu 2-3 fasldan so'ng tezda ko'rinishini yo'qota boshlaydigan tashqi bezatishni ko’rib afsuslanishdan saqlanishga yordam beradi.

Va ushbu bosqichlardan so'ng siz uyning qurilishiga kirishingiz mumkin: tuproq ishlari, poydevor, uyning qolibini qurish, fasadni bezash, dastlabki ichki ishlar va nihoyat yakuniy tartibga solish ishlari.

7. Qurilish boshlanishi va narxlar

Bizning narxlarimiz Toshkent bo’yicha o’rtacha hisoblanadi. Sodda va shinam uylarning qutisi 1 kv metri uchun 2 000 000 so’mdan.

Buyurtmachining qo'shimcha iltimosiga ko'ra, yoki qo'shma kelishuv asosida Evropa, Turkiya va boshqa mamlakatlardan mebelning bezaklari buyurtirilib o'zgartirilsa qurilish jarayonida narx oshishi mumkin. Uy egasiga kerak bo'lgan taqdirda, ushastka maydoniga veb-kameralarni o'rnatish mumkin.

Biz ehtiyotkor va ishonchli uy egalarini hafsalasini pir qilmaslikga harakat qilamiz!